insurez
15-09-2024 09:23

Bulung‘ur tumanida o‘tkazilayotgan “Pamidor sayli” tadbirida Ishtixon tumani faol ishtirok etmoqda.


Bulung‘ur tumanida o‘tkazilayotgan “Pamidor sayli” tadbirida Ishtixon tumani faol ishtirok etmoqda.

Tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, tumanning turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan iborat yarmarka tashkil etdi. Yarmarkada Ishtixon tumanining serhosil yerlarida yetishtirilgan mahsulotlar, xususan, pomidor, sabzavotlar va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keng namoyish etildi.

Tadbir doirasidagi faol ishtiroki uchun Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev maxsus tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Bu e’tirof tuman hokimi tumanning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini alohida qayd etish maqsadida berildi. 
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -