Dala seminari — uzumchilikda yangi tajribalar. https://t.me/ishtixontumanhokimligi/29303
Dala seminari — uzumchilikda yangi tajribalar. https://t.me/ishtixontumanhokimligi/29303
Mingchinor uzumlari Agrofermasi hududidagi “Ismoil Eshmonov bog‘lari” fermer xo‘jaligi uzumzorida uzum ko‘chatlarini shpaler ustunlarga ko‘tarish va uning afzalliklariga bag‘ishlangan dala seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi barcha uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etishdi.
Seminarda mutaxassislar tomonidan shpaler usulining afzalliklari yuzasidan tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, bu usulda uzum shoxlari tartibli joylashadi, parvarishlash va hosil yig‘ish qulaylashadi. Shuningdek, quyosh nuri barg va shoxlarga to‘liq yetib borishi natijasida hosildorlik oshadi, uzum sifati yaxshilanib, kasalliklarga chidamlilik ham kuchayadi.
📊 Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda tumanda 16 ming gektardan ortiq uzumzorlar mavjud bo‘lib, bu sohada 494 ta fermer xo‘jaligi hamda aholining tomorqa yerlari faoliyat yuritmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz (https://ishtixon.uz/) |Telegram (https://t.me/ishtixontumanhokimligi) |Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr) |Facebook (http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi)