Deputatlar tomonidan Ishtixon tuman hokimi lavozimiga Ruziyev Fazliddin Kiranovich nomzodi tasdiqlandi.
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining birinchi sessiyasi kun tartibida uchinchi masala – viloyat hokimining tuman hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Amaldagi qonunchilikka asosan tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Sessiya ishida ishtirok etayotgan Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari To'xtayev Xusen Mirzayevich tomonidan tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarori o’qib eshittirildi.
Tuman hokimi lavozimiga nomzod Ruziyev Fazliddin Kiranovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturi taqdimot qilindi.
Nomzod bo’yicha deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Deputatlar tomonidan Ishtixon tuman hokimi lavozimiga Ruziyev Fazliddin Kiranovich nomzodi tasdiqlandi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI