insurez
27-06-2024 15:31

Diqqat, e’lon! Tezkor Xabar... Ishtixon tuman elektr ta’minoti korxonasi ogohlantiradi!


Diqqat, e’lon! Tezkor Xabar...

Ishtixon tuman elektr ta’minoti korxonasi ogohlantiradi!

2024 yil 28-29 iyun kunlari Kattaqurg'on tumani hududida joylashgan nim stansiya "Kattaqurg'on" 220/110/35 kvdagi L-Zarmitan 110 kVli elektr tarmog'ida Kattaqurg'on KRVVS tashkiloti tomonidan ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. 

(Izox: L-Zarmitan Ishtixon va Qushrabot tumanlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi elektr tarmog'i). 

Ta'mirlash vaqtida xodimlarning xavfsizligi uchun L-Zarmitan 110 kVli elektr tarmog'i uchirilgan holda amalga oshiriladi.
Shu sababli Ishtixon tumanining barcha 62 ta MFY hududlarida va tadbirkorlik subyektlarida 28-29 iyun kunlari soat 9:00dan 12:00gacha elektr ta'minotida uzilishlar amalga oshiriladi.

Ishtixon tuman elektr ta’minoti korxonasi ma’muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

«Ishtixon TET» matbuot xizmati.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -