📢 DIQQAT! ❗️ Noqonuniy reklamalarga qarshi reydlar boshlandi!
📢 DIQQAT!
❗️ Noqonuniy reklamalarga qarshi reydlar boshlandi!
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Tuman hududida noqonuniy tashqi reklama va peshlavhalarni aniqlash hamda ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 avtomobil yo‘lida o‘rganish ishlari olib borildi.
‼️ Eslatib o‘tamiz!
Ruxsatsiz va qonun talablariga zid ravishda tashqi reklama va axborot joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
📌 Hurmatli tadbirkorlar!
Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib qilishda “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Ushbu qonunlarga amal qilmaslik ma’muriy va moddiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
✅ Qonun-qoidalarga rioya qiling, yaqinlaringizni ham ogohlantiring!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI