Firibgarlik nima?
Firibgarlik nima?
Firibgarlik jinoyati -iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jumlasiga, kirib, jinoyat kodeksining 168-moddasida ushbu jinoyatga tarif berilgan. Unga kura firibgarlik - aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan uzganing mulkini yoki uzganing mulkiga bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritishdir. Demak, uzganing mulkini yoki mulkiga bo‘lgan huquqini yuqorida ko‘rsatilgan ikki usulni qo‘llab, tekin qo‘lga kiritgan, 16 yoshga to‘lgan aqli raso har qanday shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs sifatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan jinoiy ta’qibga uchrashi mumkin. Bunda, jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun asos bo‘luvchi zarar summasi oz miqdordan, ya’ni eng kam oylik ish haqining 30 barobaridan ko‘p bo‘lishi kerak. Bugungi kunda bu miqdor 9.900.000 so‘mni tashkil etadi.
👉BATAFSIL (https://telegra.ph/Firibgarlik-nima-12-02)
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI