insurez
23-10-2025 10:23

G‘alaba muborak, Ishtixonlik mirishkorlar!


🌾 G‘alaba muborak, Ishtixonlik mirishkorlar! 🏆

Bugun Ishtixon tumani paxta terimi bo‘yicha viloyatda eng ilg‘or tumanlardan biri sifatida yillik davlat rejasini to‘liq bajardi!

Bu g‘ururli natija — fidoyi dehqonlarimiz, terimchilarimiz, mexanizatorlarimiz hamda barcha mehnatkash insonlarimizning tinimsiz mehnati va sadoqati samarasidir. Sizlarning dalalardagi ter to‘kilgan mehnatingiz Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi katta hissa bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hurmatli mirishkorlar! Sizlarni ushbu ulkan g‘alaba bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Mehnatingiz barakali, hosilingiz mo‘l bo‘lsin!

Ishtixon — mehnatda ham, g‘alabada ham peshqadam!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -