Gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumida yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
Gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumida yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
Ishtixon tumanida gʻalla oʻrim-yigʻimi jarayonida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan maxsus taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi, tegishli tashkilot rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etib, g‘alla hosilini yong‘indan asrab qolish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy vazifalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan mavsumda profilaktik choralar, g‘alla maydonlaridagi xavfsizlik tizimlari hamda o‘t o‘chirish vositalari tayyorgarligi alohida e’tiborga olindi.
Shuningdek, aholini xabardor qilish va mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
#Gʻalla2025 #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI