insurez
22-11-2025 20:22

Hokim tashrifi


ISHTIXON TUMANI HOKIMI SANOAT KORXONALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tumandagi bir qator sanoat korxonalarining ish jarayonlari bilan tanishdi. Unda tuman hokimi Mitan qo‘rg‘onidagi Tupor mahallasida joylashgan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi. O‘rganish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud imkoniyatlari va qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, korxonada mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Fazliddin Ruziyev sanoat sohasini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahsulot turlarini ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi. ——

Teglar
- -