insurez
20-08-2025 10:17

Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarni 20 avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!


Hurmatli tadbirkorlar!

Sizlarni 20 avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimizda iqtisodiy barqarorlik va xalqimiz farovonligiga qaratilgan islohotlarning amaldagi asosiy kuchi, albatta, tadbirkorlardir. Sizlarning sa’y-harakatlaringiz tufayli yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va xizmatlar ko‘rsatish sifati yuksalib bormoqda.

Ishtixon tumanida ham tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish, yangi tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Biz tadbirkorlarning har bir taklif va tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz va sizlarning muvaffaqiyatingiz tumanimiz taraqqiyoti demakdir.

Aziz tadbirkorlar!
Sizlarga mustahkam salomatlik, oilangizga baxt va farovonlik, faoliyatingizda katta zafarlar tilayman. Barcha reja va orzularingiz amalga oshsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ishtixon tumani hokimi
Fazliddin Kiranovich Ruziyev
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -