Jinan shahriga amaliy tashrif doirasida delegatsiyamiz a’zolari “Shandun kichik va o‘rta korxonalarining Samarqand viloyati tadbirkorlari bilan hamkorlik forumi”da faol ishtirok etishdi. (https://t.me/invest_in_samarkand/7455)
🇺🇿🇨🇳 Jinan shahriga amaliy tashrif doirasida delegatsiyamiz a’zolari “Shandun kichik va o‘rta korxonalarining Samarqand viloyati tadbirkorlari bilan hamkorlik forumi”da faol ishtirok etishdi. (https://t.me/invest_in_samarkand/7455)
Hududlar o‘rtasida biznes sohasida hamkorlikni mustahkamlash, yangi investitsiyalarni jalb etish va savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan ushbu forumda, har ikkala tomon hukumat vakillari, tadbirkorlari, mutaxassislari tomonidan biznes muhit, investitsiya imkoniyatlari, texnologiyalar va sanoat tarmoqlari haqida taqdimot va ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, forum doirasida Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda Shandun Yengil sanoat jamoaviy korxonalar uyushmasi o’rtasida “Samarqand viloyatining Shandun provinsiyasidagi Savdo va xizmat ko’rsatish aloqa vakolatxonasi” tashkil etish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Forum so’nggida ikki tomonlama manfaatli kelishuvlar va yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI