Ishtihonda yangi tibbiy maskan “MAKHMUD medical clinic” faoliyat boshladi
Ishtihonda yangi tibbiy maskan “MAKHMUD medical clinic” faoliyat boshladi
🚑Bugun Ishtixon tumani “Xalqobod” mahallasida “MAKHMUD medical clinic” xususiy klinikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🩺Tuman aholisiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan ushbu klinikaning ochilish marosimida Ishtixon tumani hokimi, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
💉Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan klinika aholining turli tibbiy ehtiyojlarini qondirish, diagnostika va davolash xizmatlarini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
➕Shu munosabat bilan tuman hokimi yangi klinika jamoasiga muvaffaqiyat tilab, tibbiy xizmat sifatini oshirish orqali aholi salomatligini mustahkamlashga hissa qo‘shish muhimligini ta’kidladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI