“Ishtixon tajribasi: Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim’ shiori ostida g‘alaba!”
“Ishtixon tajribasi: Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim’ shiori ostida g‘alaba!”
🖐22 may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Kasaba uyushmasi kubogining 5-tashabbus olimpiadasi doirasidagi sport musobaqalarida Ishtixon tuman terma jamoasi ulkan muvaffaqiyatga erishdi.
🌎“Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostida tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada viloyatning 16 ta tuman va shahar jamoalari ishtirok etdi. Sportning 5 turi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Ishtixon tuman jamoasi yuqori mahorat va jipslik namoyon etib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqaning mutloq g‘olibiga aylandi.
🏆Gʻalaba sifatida jamoa 30 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. Bu natija — tumanimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlarning samarali yondoshuvi ekanligidan dalolat beradi.
Qahramon jamoamizni chin qalbdan tabriklaymiz!
#Sport #Beshtashabbus #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI