insurez
09-09-2024 12:24

Ishtixon tuman “Barlos” mahallasi hududida joylashgan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tasarrufidagi suv inshoatida muhim seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.


Ishtixon tuman “Barlos” mahallasi hududida joylashgan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tasarrufidagi suv inshoatida muhim seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. 

Bu tadbir Samarqand viloyati prokurori tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda viloyatdagi suv inshoatlarini tartibga keltirish, ularni raqamlashtirish va obodonlashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Seminar doirasida, suv inshoatlarining texnik holati, ularni zamonaviy texnologiyalar yordamida avtomatlashtirish va monitoring qilish, shuningdek, aholi uchun suv ta’minotini yanada yaxshilash yo‘llari o‘rganilmoqda. 

Tadbir ishtirokchilari suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tizimini raqamlashtirish orqali uni boshqarishning yangi modellarini joriy qilish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirishmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -