insurez
05-09-2024 16:52

Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda sektor rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda sektor rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida tuman markaziy ko‘chalari yonida joylashgan xususiy tadbirkorlar o‘z do‘konlari atrofini obodonlashtirish va tartibga keltirish, tuman ko‘chalarini chiroyli va tartibli qilish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. 

Tuman rahbarlari tadbirkorlarga do‘konlar va ularning atrofidagi hududlarni estetik jihatdan go‘zallashtirish, ozodalikni saqlash hamda umumiy muhitni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar berdi. 

Bu tashabbus tumanning ko‘rkamligini oshirish va aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida amalga oshirilishi taʼkidlandi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -