Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Uchqun Butunov tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalliy tadbirkorlarning ishlab chiqarish va savdo faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tashabbusning ahamiyati ta’kidlandi: quyosh panellari orqali elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish, ekologik toza energiyadan foydalanish va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin. Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev quyosh energiyasidan foydalanish orqali tadbirkorlar nafaqat elektr energiyasini tejash, balki o‘z bizneslarining barqarorligini ta’minlashlari mumkinligini qayd etdi.
Uchrashuvda tadbirkorlarga quyosh panellarini o‘rnatish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal qilish uchun tegishli ko‘mak va imtiyozlar taklif qilinishi mumkinligi ham aytildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI