Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev Koreya davlatidan kelgan investorlar bilan uchrashdi.
Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev Koreya davlatidan kelgan investorlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida investorlar Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarida foydalanish uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish takliflarini bildirdi.
Bu tashabbus mahalliy qishloq xo‘jaligi imkoniyatlarini oshirish va investisiyalarni jalb qilish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida, ikki tomon hamkorlikning imkoniyatlarini muhokama qildi, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va mahalliy ishchi kuchi bilan ishlash borasida ham fikr almashildi.
Mazkur loyihalar kelgusida tumanning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutimoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI