Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tumandagi “Xalqobod” mahallasida joylashgan madaniyat markazining qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tumandagi “Xalqobod” mahallasida joylashgan madaniyat markazining qurilish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur madaniyat markazi mahalliy aholining madaniy hayotini yanada boyitish, ijtimoiy tadbirlar o‘tkazish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida qayta ta’mirlanmoqda.
Hokim ta’mirlash jarayonidagi ishlarni kuzatib, bunyodkorlik ishlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Madaniyat markazining yangilanishi natijasida mahallada san’at va madaniyatga qiziquvchi yoshlar hamda aholining boshqa qatlamlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI