Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va sektor rahbarlari tomonidan tumandagi mavjud ko‘cha savdolarini tartibga solish bo‘yicha bozor va bozorga yaqin hududlar ko‘zdan kechirildi.
Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va sektor rahbarlari tomonidan tumandagi mavjud ko‘cha savdolarini tartibga solish bo‘yicha bozor va bozorga yaqin hududlar ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish davomida savdo nuqtalaridagi mavjud holat o‘rganilib, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi hamda savdo nuqtalari faoliyatidagi qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar muhokama qilindi.
Hokimiyat tomonidan savdo faoliyatini qonuniy tartibga solish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejalashtirildi.
Shuningdek, ko‘cha savdolarini rasmiy bozor hududlariga ko‘chirish, savdo uchun maxsus ajratilgan joylarni kengaytirish va savdo-iqtisodiy muhitni yaxshilash bo‘yicha takliflar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI