insurez
21-03-2025 10:54

Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyevning Navro‘z bayrami munosabati bilan bayram tabrigi


Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyevning Navro‘z bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli Ishtixon tumani aholisi!

Sizlarni milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz mujassamlashgan, ezgulik va yangilanish timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Navro‘z—bu tabiat uyg‘onishi, insonlar qalbiga shodlik va mehr-oqibat urug‘larini ekuvchi fayzli ayyomdir. Bu qutlug‘ kunlarda xalqimiz o‘zaro mehr-oqibat, ahillik va bag‘rikenglik tamoyillari asosida yashab, ezgu niyatlar bilan yangi rejalarni amalga oshiradi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, taraqqiyot yo‘lidagi sa’y-harakatlar har bir yurtdoshimiz hayotiga yanada farovonlik, osoyishtalik va barqarorlik olib kelishga xizmat qilmoqda. Ishtixon tumani ham bu taraqqiyot yo‘lida izchil harakat qilib, yangi marralarni zabt etishga intilayotgani quvonarlidir.

Aziz yurtdoshlar!

Ushbu muborak bayram kunlarida har biringizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik va taraqqiyot tilayman!

Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!

Fazliddin Ruziyev,
Ishtixon tuman hokimi

Teglar
- -