Ishtixon tuman hokimi mahalla inspektorlari bilan muloqot o‘tkazdi
Ishtixon tuman hokimi mahalla inspektorlari bilan muloqot o‘tkazdi
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ro‘ziyev mahalla profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ularning faoliyatidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.
🇺🇿Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalardagi muammolarni hal etish va fuqarolarning huquq-tartibotga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🦅Muloqotda tuman Ichki ishlar bo‘limi (IIB) inspektorlari ham ishtirok etib, mahallalarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
✅Jumladan, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🚔Shuningdek, uchrashuv davomida inspektorlarning ish sharoitlarini yaxshilash, ularni texnika va transport vositalari bilan ta’minlash borasida ham takliflar bildirildi.
Tuman hokimi bu borada aniq chora-tadbirlar belgilanishini ta’kidladi.
🇺🇿Muloqot yakunida mahalla inspektorlari va IIB xodimlariga o‘z vazifalarini sidqidildan bajarish, fuqarolar bilan yaqin hamkorlikda ishlash hamda aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI