insurez
22-03-2025 10:00

Ishtixon tuman hokimining Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi


Ishtixon tuman hokimining Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi

Hurmatli mahalla tizimi xodimlari!

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz – Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mahalla – xalqimiz uchun nafaqat hududiy tuzilma, balki azaliy qadriyatlarimiz, hamjihatligimiz va birdamligimiz timsoli hisoblanadi. 

Mahalla faoliyati xalq bilan davlat o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, yurt taraqqiyoti va jamiyat barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Sizlar o‘z xizmatingiz bilan aholi muammolarini hal etish, oilalar tinchligi, yoshlarni vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, keksalar va ehtiyojmandlarga ko‘mak berish kabi ulug‘vor vazifalarni bajarib kelmoqdasiz.

Mehnatingiz tufayli mahallalarimiz yanada obod bo‘lib, insonlar hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. 

Bu ezgu ishlarda barchangizga kuch-g‘ayrat, sog‘liq va oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev
——

Teglar
- -