insurez
23-07-2025 17:42

Ishtixon tuman hokimligi vakillari hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Xitoy Xalq Respublikasining Horgos shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.


Ishtixon tuman hokimligi vakillari hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Xitoy Xalq Respublikasining Horgos shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. 

🇨🇳🇺🇿Safar davomida kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib ularning faoliyati yuqori baholandi va eng faol yoshlar rag‘batlantirildi.

Tadbir doirasida Xitoylik tadbirkor — mazkur loyihaga sarmoya kiritgan investor bilan uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Unga Ishtixon tumani nomidan esdalik sovg‘asi topshirildi. Bu sovg‘a ikki tomonlama do‘stlik va hamkorlikning ramzi sifatida taqdim etildi.

Mazkur tashrif Ishtixonlik yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, xalqaro tajriba asosida malaka oshirishlariga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, Xitoylik investorlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga ham zamin yaratmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -