Ishtixon tuman Ichki ishlar bo‘limida o‘tkazilayotgan ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘quv mashg‘ulotida tuman hokimi Fazliddin Ruziyev ishtirok etib, profilaktika inspektorlari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

🇺🇿Tadbirda so‘zga chiqgan tuman hokimi, tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasini ta’minlash, shuningdek, Prezidentimizning 03.01.2025 yildagi PQ-1 sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan profilaktika inspektorlarining xizmatini alohida e’tirof etib, ularga zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taqdirladi.
🇺🇿Bu kabi tashabbuslar ichki ishlar organlari xodimlarini yanada ruhlantirib, jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI