Ishtixon tuman Pedagogika kolleji majlislar zalida viloyat sudining sudyalari I.Karabayev, X.Yarashev, Sh.Ramazonov va U.Eshkobilov ma’ruzachiligida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ishtixon tuman Pedagogika kolleji majlislar zalida viloyat sudining sudyalari I.Karabayev, X.Yarashev, Sh.Ramazonov va U.Eshkobilov ma’ruzachiligida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu seminarda Ishtixon tuman sudlari sudyalari, prokuratura, ichki ishlar organlari vakillari hamda advokatlar ishtirok etdi.
Seminarning asosiy mavzusi 2024 yil 25 iyun kuni Oliy sud Plenumi tomonidan qabul qilingan 4 ta qarorni muhokama qilishdan iborat edi. Bu qarorlar jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik, fuqarolik va iqtisodiy ishlarni sudlarda taftish tartibida ko‘rib chiqishning ayrim masalalariga qaratilgan. Mazkur qarorlar sud amaliyotini takomillashtirish va huquqiy tartibni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Seminarda sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida mazkur qarorlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha fikr almashildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI