insurez
09-02-2026 14:51

Ishtixon tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida dars soati o‘tkazildi.


Ishtixon tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida dars soati o‘tkazildi. Dars jarayonida korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarda halollik, qonunga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. Dars interaktiv tarzda tashkil etilib, o‘quvchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi. ─── ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -