insurez
03-06-2024 18:22

Ishtixon tumani Fazliddin Ruziyev "Ko‘tarma" massividagi erkin iqtisodiy zonada  "HENGFENG FOODS" HK direktori Vang Haibo bilan uchrashdi.


Ishtixon tumani Fazliddin Ruziyev "Ko‘tarma" massividagi erkin iqtisodiy zonada  "HENGFENG FOODS" HK direktori Vang Haibo bilan uchrashdi.

Vang Haibo Xitoy fuqarosi bo‘lib, u "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va eksportga yo‘naltirish" loyihasi bilan shug‘ullanadi. Ushbu loyiha doirasida mayiz, sliva, yong‘oq, mosh va turshak kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalqaro bozorlarga eksport qilish maqsad qilib qo‘yilgan. Tumanga 10 mln. dollarlik qiymatda investitsiya kirgazilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu loyiha mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va xalqaro savdo aloqalarini mustahkamlash orqali ham tuman, ham milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -