insurez
06-06-2024 09:30

Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Uchqun Butunov "G‘ofur G‘ulom" MYF da joylashgan   "ISHTIHAN YIMIN IMPORT EXPORT GROUP" MCHJ direktori ZHAO YUE  bilan uchrashdi.


Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Uchqun Butunov "G‘ofur G‘ulom" MYF da joylashgan   "ISHTIHAN YIMIN IMPORT EXPORT GROUP" MCHJ direktori ZHAO YUE  bilan uchrashdi.

ZHAO YUE  Xitoy fuqarosi bo‘lib, u "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va eksportga yo‘naltirish" loyihasi bilan shug‘ullanadi. Ushbu loyiha doirasida mayiz, sliva, yong‘oq, mosh va turshak kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalqaro bozorlarga eksport qilish maqsad qilib qo‘yilgan. Bugungi kunda 1,0 mln.dollarlik TTXI o‘zlashtirildi.

Ushbu loyiha joriy yil sentyabr oyiga qadar ishga tushirilishi hamda 20 nafar yangi ish o‘rinlari yaraladi va 2024-yilda umumiy qiymati 1,2 mln.dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilish rejalashtirilgan.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -