insurez
08-02-2025 12:18

Ishtixon tumani hokimi “Humo” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi


Ishtixon tumani hokimi “Humo” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

✨Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tomonidan “Xumo” mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. 

Qabul davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalarni tuman rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tashkil etilgan uchrashuvda asosan elektr ta’minoti, ichimlik suvi, yo‘llar holati va ish o‘rinlari yaratish kabi muhim masalalar ko‘tarildi. Hokimlik tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, tegishli tashkilot rahbarlariga joyida yechim topish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va viloyat hokimining murojaatnomalari o‘qib eshittirildi. Unda joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, mahalliy hokimliklarning aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tadbirlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

✅Tuman hokimi murojaatlar ijrosi qat’iy nazoratga olinishini ta’kidladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -