insurez
04-04-2025 09:56

Ishtixon tumani Mitan shaharchasida obodonlashtirish holati o‘rganildi


Ishtixon tumani Mitan shaharchasida obodonlashtirish holati o‘rganildi

Ishtixon tuman hokimi boshchiligida mas’ul mutasaddilar Mitan shaharchasining obodonlashtirilishi, shaharsozlik normalariga rioya qilinishi va ozodaligi masalalarini joyida o‘rgandilar.

Ko‘chalar holati, yashil hududlar va chiqindi yig‘ish tizimi atroflicha ko‘zdan kechirilib, yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, qurilish va ta’mirlash ishlari shaharsozlik talablariga muvofiq olib borilishi lozimligi ta’kidlandi. Aholi takliflari tinglanib, tegishli mutasaddilarga zaruriy topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -