insurez
08-10-2024 12:16

Ishtixon tumani “Shayxislom” mahallasida quvonchli kun.


Ishtixon tumani “Shayxislom” mahallasida quvonchli kun. 

Sahovat pesha insonlar tashabbusi bilan ushbu mahallada yangi xonadon qurilib, o‘z egasiga topshirildi. 

Yangi uyga ega bo‘lgan oila uchun bu o‘ta muhim voqea bo‘ldi. Topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi, unda mahallaning keng jamoatchiligi faol qatnashdi.

Marosimda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev ishtirok etdi va yangi xonadon sohiblarini qutlab, ularga samimiy tilaklar bildirdi. 

Tuman hokimi saxovatli insonlarga va barcha mehnat qilganlarga minnatdorlik bildirdi hamda shu kabi tashabbuslar insonlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -