insurez
04-10-2024 11:43

Ishtixon tumani “Shayxlarkent” mahallasidagi yangi ko‘prik fuqarolarga foydalanishga topshirildi.


Ishtixon tumani “Shayxlarkent” mahallasidagi yangi ko‘prik fuqarolarga foydalanishga topshirildi.

Ushbu ko‘prikni ochilish marosimida tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Qisqa muddatda amalga oshirilgan bu qurilish ishlari yuqori sifat bilan bajarildi va aholiga foydalanish uchun topshirildi.

Ko‘prikni qayta qurish mahallada yashovchi fuqarolarning harakatlanishi va jamoat transporti uchun muhim infratuzilma obyektlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur ko‘prikning yangilanishi mahalladagi transport va piyodalar harakatini yaxshilash bilan birga, fuqarolarning hayotini ancha yengillashtirdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -