insurez
20-09-2024 14:27

Ishtixon tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Reabilitatsiya bo‘limi mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.


Ishtixon tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Reabilitatsiya bo‘limi mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Ishtixon tumanining 270 ming aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan Tuman tibbiyot birlashmaga qarashli Reabilitatsiya bo‘limni ta'mirlash ishlari uchun qariyb 800 million so‘m sarflandi. Shuningdek, 340 million so‘m mablag‘ hisobiga bo‘lim qattiq va yumshoq jihozlar bilan jihozlanib tuman aholisiga foydalanishga tantanali ravishda topshirildi.

Reabilitatsiya bo‘limining ochilish marosimida Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Endilikda ushbu bino tumanimiz aholisi uchun yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etishga yordam beradi va sog‘liqni saqlash sohasida katta ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochadi.

Kanalga obuna bo'ling👇
Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati

Teglar
- -