insurez
12-02-2025 14:56

Ishtixon tumanida energiya ta’minoti va yashil energetika masalalari muhokama qilindi


Ishtixon tumanida energiya ta’minoti va yashil energetika masalalari muhokama qilindi

🇺🇿Bugun Ishtixon tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Aminov Shohrux Azamatovich kelib, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muhokama o‘tkazdi. 

⚡️Uchrashuv davomida tumandagi energiya ta’minotining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil qilindi.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, yashil energetikani rivojlantirish va energiya tejamkorlik chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

💡Tuman hududida quyosh va shamol energetikasidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, tegishli takliflar ishlab chiqildi.

✅Muhokamalar natijasida energiya ta’minoti barqarorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini uzluksiz elektr va gaz bilan ta’minlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz (https://ishtixon.uz/) |Telegram (https://t.me/ishtixontumanhokimligi) |Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr) |Facebook (http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi)

Teglar
- -