insurez
31-07-2024 09:50

Ishtixon tumanida "Ishbilarmon ayol" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Bugun Ishtixon tumanida "Ishbilarmon ayol" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda "Boylata", "O‘zbekiston", "Safoxo‘ja", "Yo‘g‘ontepa", "Barlos" mahallalaridan tadbirkor ayollar ishtirok etishdi.

Tumandagi tadbirkor ayollarning ishlab chiqargan mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. 
Uchrashuv so‘ngida viloyatdan tashrif buyurgan mehmonlar, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va  nuroniylar tomonidan hunarmand ayollarga diplom va esdalik sovg‘alar  topshirildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -