Ishtixon tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi nazoratdan o‘tkazildi
Ishtixon tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi nazoratdan o‘tkazildi
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev va tuman prokurori Uchqun Butunov tumanning olis hududlaridan biri — “Beshbola” mahallasida davlat dasturi asosida qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Rahbarlar qurilish ishlarining sifatini o‘rganib, ob’yektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish muhimligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, barcha ishlarni qurilish normalariga mos holda amalga oshirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur loyiha davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, u qishloq hududlarida ta’lim sifatini oshirish va bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini ko‘tarishga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI