Ishtixon tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Ishtixon tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tumandagi yirik tadbirkorlar bilan uchrashuvlarini izchil davom ettirmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda ko‘p yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkor bilan muloqot o‘tkazilib, uning ishlab chiqarish maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Muloqot jarayonida ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan yog‘-moy ishlab chiqarish yo‘nalishi ham muhokama etildi.
Mas’ala yuzasidan tadbirkor o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi, mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.
Tuman hokimi korxona faoliyatini tiklash va qayta yo‘lga qo‘yishda zarur amaliy yordam ko‘rsatishga kelishib oldi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ham muhokama qilindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI