insurez
06-10-2024 11:52

Ishtixon tumanida turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi qadamlar tashlanmoqda.


Ishtixon tumanida turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi qadamlar tashlanmoqda. 

Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev yana bir qator Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida Xitoylik investorlar tumanda yangi dam olish maskanlari va ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha o‘z loyiha takliflarini taqdim qilishdi.

Bu loyiha nafaqat tumandagi iqtisodiy rivojlanishga, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -