insurez
14-07-2025 07:52

Ishtixon tumanida urug‘chilik yo‘nalishida o‘quv amaliy seminar-trening o‘tkazilmoqda


Ishtixon tumanida urug‘chilik yo‘nalishida o‘quv amaliy seminar-trening o‘tkazilmoqda

✅Ayni vaqtda Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi, xususan, urug‘chilik yo‘nalishiga oid viloyat amaliy seminar-treningi bo‘lib o‘tmoqda. 

🇺🇿Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 7 iyuldagi PQ-109-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

👨‍💼Treningda O‘zagroinspeksiya bo‘limi boshlig‘i Xaydar Maxmudov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Shunqor Xudayberdiyev, Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda urug‘chilik yo‘nalishidagi fermerlar va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

✨Tadbir doirasida urug‘chilik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samaradorligini oshirish va urug‘lik sifatini nazorat qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berib o‘tilmoqda.

#Ayni_damda  #Ishtixon2025 #Seminar
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -