insurez
11-10-2024 16:09

Ishtixon tumanida viloyat prokurori tashabbusi bilan seminar tashkil etildi.


 Ishtixon tumanida viloyat prokurori tashabbusi bilan seminar tashkil etildi. 

Seminarda bozorlarga tashrif buyuruvchi haydovchilar va piyodalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, transport vositalarining erkin harakatlanishini tartibga solish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Seminarda viloyatning barcha tumanlari hamda mahalliy hokimiyat vakillari, yo‘l harakati xizmati xodimlari va boshqa mas’ullar ishtirok etib, bozor atrofidagi transport infratuzilmasini yaxshilash va harakatlanishni tartibga solish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi. 

Bu chora-tadbirlar bozor hududida yuzaga keladigan tirbandliklarni kamaytirish, haydovchilarga qulaylik yaratish va umumiy tartibni saqlashga qaratilgan.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -