insurez
13-02-2025 15:00

Ishtixon tumanida xavfsizlik choralari muhokama qilindi


Ishtixon tumanida xavfsizlik choralari muhokama qilindi

Ishtixon tuman hokimligida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman sektor rahbarlari, “Mahalla yettiligi” va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etib, “Namunali xavfsiz ko‘cha“ va “Namunali xavfsiz yo‘lak“ joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Xavfsiz bozor” namunasini yaratish, videokamera, signalizatsiya, tashvish tugmasi, xavf-xatardan xabar beruvchi uskunalar va avtoturargoh tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -