Ishtixon tumanida yangi saylangan mahalla raislariga guvohnomalar va ko‘krak belgilar topshirildi
Ishtixon tumanida yangi saylangan mahalla raislariga guvohnomalar va ko‘krak belgilar topshirildi
Bugun Ishtixon tuman hokimligi faollar zalida yangi saylangan mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, mutasaddi tashkilot vakillari hamda mahalla raislari va faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan “Mahalla yettiligi” tizimi faoliyatini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Mahalla raislarining jamiyatda tutgan o‘rni, aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi, har bir fuqaroning muammosiga e’tibor bilan yondashishi zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida yangi saylangan mahalla raislariga xizmat guvohnomalari va “Mahalla raisi” ko‘krak belgisi tantanali tarzda topshirildi.
Bu e’tirof ularga yuklatilgan mas’uliyat va ishonchni yanada chuqur anglashga undaydi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI