insurez
21-02-2025 11:22

Ishtixon tumanida yo‘l yoqalariga daraxt ekish bo‘yicha amaliy tadbir o‘tkazildi


Ishtixon tumanida yo‘l yoqalariga daraxt ekish bo‘yicha amaliy tadbir o‘tkazildi

▪️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrda PQ-465 sonli "Qishloq xo'jaligi maydonlaridagi qo'shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko'paytirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingan bo'lib, ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida amaliy ishlar qilinmoqda

🌴2025 yil bahor mavsumida Ishtixon tumanida katta yo‘l chetlariga daraxt ekish bo‘yicha amaliy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat prokurori o‘rinbosari, tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda fermerlar ishtirok etishdi.

✅Tadbir doirasida dala chetlariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, ekologik muhitni yaxshilash va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish masalalari muhokama qilindi. 

🌸Loyiha doirasida mahalliy fermerlar va tadbirkorlar ham faol ishtirok etib, hududning ekologik barqarorligini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -