Ishtixon tumanidagi hojilar muqaddas safarga kuzatildi
#Xaj_2025
Ishtixon tumanidagi hojilar muqaddas safarga kuzatildi
🇺🇿Bugun, 27 may kuni erta tongda Ishtixon tumanidan bir guruh fuqarolarimiz Islom dinining besh farzidan biri bo‘lgan haj amalini ado etish uchun muqaddas Makka va Madina shaharlariga yo‘l oldilar.
🕋Mazkur safarni munosib tarzda boshlash, hojilarimizga ruhiy-ma’naviy ko‘mak berish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Din ishlari bo‘limi boshlig‘i hamda tuman bosh imom-xatibi ularni tantanali ravishda kuzatib qo‘yishdi.
🌙Kuzatuv marosimi davomida hojilarimizga muhim yo‘l-yo‘riqlar, safar davomida rioya etiladigan qoidalar hamda haj ibodatlarini ado etish tartiblari haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yurtdoshlarimizga tinch va omon bo‘lib qaytishlari, ibodatlarining qabul bo‘lishi tilab qolindi.
🤩Hojilarimiz bu muqaddas safarni amalga oshirish imkoni yaratilgani uchun davlatimiz rahbariyatiga, mas’ul tashkilotlarga minnatdorlik izhor etishdi.
🤲Ishtixon tumani ahli nomidan hojilarimizga sog‘-salomat qaytishlarini, ibodatlari qabul bo‘lishini tilaymiz.
#Xaj2025 #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI