ISHTIXON TUMANIGA YANA BIR QATOR INVESTORLAR TASHRIF BUYURDI !!!
ISHTIXON TUMANIGA YANA BIR QATOR INVESTORLAR TASHRIF BUYURDI !!!
Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev Xitoy xalq Respublikasi investorlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida Xitoyning “Xuzhou kunpeng sanitary material CO.LTD”, ”Xuzhou Eisai sanitary Materials CO.LTD” va “Jiangsu Youcheng Construction Engineering CO.LTD” kompaniya rahbarlari tumanda o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi qurish va faoliyat olib borish istagini bildirdi.
Ushbu kompaniyalar tibbiyotda ishlatiladigan bir martalik tibbiy mahsulotlar va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniyalar hisoblanadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI