insurez
24-08-2024 11:00

Ishtixon tumanining barcha mahallalarida umumxalq hashari qizg‘in o‘tmoqda.


Ishtixon tumanining barcha mahallalarida umumxalq hashari qizg‘in o‘tmoqda. 

Mahalliy aholi faol ishtirok etmoqda, ular o‘z hududlarini tozalash va obodonlashtirish ishlarida hamkorlikda mehnat qilmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, 24-25 avgust kunlari butun Respublika bo‘ylab umumxalq hasharlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirning maqsadi mamlakatning barcha hududlaridagi sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash, shuningdek, jamoaviy mehnat orqali hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -