Ishtixon — Tyanshan hamkorligi yangi bosqichda
Ishtixon — Tyanshan hamkorligi yangi bosqichda
✅Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida tashkil etilgan simpoziumda ishtirok etmoqda. Tyanshan tumani hokimi Do Yo xonim tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan tadbirda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✨Uchrashuv doirasida tajriba almashish, investisiyaviy loyihalar yuzasidan fikr almashish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida B2B muzokaralari tashkil etildi.
👨💼O‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan mazkur tashrif ikki tuman o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka yangi turtki bo‘lishi kutilmoqda.
#Ishtixon #Xitoy #Invetitsiya
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI