insurez
05-03-2025 14:06

Ishtixonda 8-Mart bayrami shukuhi


Ishtixonda 8-Mart bayrami shukuhi

🌺Bugun Ishtixon tuman hokimligida “8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Unda tumanning faol ayollari ishtirok etib, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasi e’tirof etildi.

🎵Tadbir davomida san’atkorlar tomonidan rang-barang konsert dasturi taqdim etildi. 

💐Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning mehnati va fidoyiligi alohida qadrlandi.

🌹Ishtixonda baxor nafasi va ayollarga bo‘lgan hurmat-ehtirom uyg‘unlashgan ushbu bayram tadbiri barchada iliq taassurot qoldirdi.

Teglar
- -