insurez
25-10-2025 12:20

Ishtixonda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni tantanali nishonlandi


Ishtixonda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni tantanali nishonlandi

🇺🇿Bugun, 25 oktyabr kuni Ishtixon tuman hokimligida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Tadbirda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman IIB boshlig‘i Ulmas Rustamov, tuman prokurori Uchqun Butunov, ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylar ishtirok etdilar.

Tuman hokimi bayram munosabati bilan barcha ichki ishlar tizimi xodimlarini chin dildan tabriklab, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda faol xodimlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, bir qator xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berildi.

🇺🇿Tantanada nafaqaga chiqqan soha faxriylari ham alohida ehtirom bilan tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.

Tadbir bayramona ruhda, samimiyat va mehr-ehtirom muhitida o‘tdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -