insurez
16-03-2025 11:18

Ishtixonda Navro‘z shodiyonalari o‘tkazildi


Ishtixonda Navro‘z shodiyonalari o‘tkazildi

Bugun Ishtixon tumanining qir-adirida Navro‘z umumxalq bayrami nishonlandi. 

Bayram munosabati bilan xalq an’analariga xos rang-barang tadbirlar tashkil etildi. Milliy qo‘shiq va raqslar, xalq o‘yinlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari sayil ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi. 

Shuningdek, milliy sport turlari, xususan, ko‘pkari, uloq musobaqalari ham o‘tkazilib, zavqli lahzalari bilan muxlislarni jalb qildi.

Navro‘z bayrami barchani birlashtirgan, bag‘rikenglik va mehr-oqibat ulashgan ulkan tadbirga aylandi.

Teglar
- -